Nabiyev's
Orqaga

Falsafa

Allohdan so'rang

Duoyim ijobat bo'ladimikin degan hayollar bormi ?

1 daqiqa o'qish

1. Bundan bir necha yil oldin o'qishga tayyorlanib yurgan paytimda birinchi marta matematika fanidan B darajali sertifikat oldim. U DTM da 27 ta to'g'ri va 11 ta majburiyni yechib berar edi. Bu menga yetarli emasidi va menda hali vaqt bor edi. Yana tayyorlanishda davom etdim va oradan bir qancha vaqt o'tgach yana imtihonga kirdim. Savollar juda murakkabdek tuyuldi, hayolimga endi o'tgan safargidan ham past olsam kerak degan qo'rquvlar kela boshladi. O'sha payt Ey Alloh shuni avvalgisidan past bo'lmasin 1 ball bo'lsa ham baland chiqsin deb duo qildim. Himmatni qarang :) . Hullas ishlab chiqdim va natija chiqqan kuni men hayron. Sababi bunisi o'tgan safargisidan roppa rosa 1 ball baland va u ham B edi men esa A yoki A+ olishim kerak edi. Keyingi safar kirganda duo ni o'zgartirdim, Ey Alloh men A olishim kerak mayli A+ kerak emas dedim. Ishlab chiqdim, o'zimga yomon emasdek tuyuldi. Keyin tahlil qildim. Bir misolda f(x) funksiyani topib x ni o'rniga son qo'yish kerak edi. Yaxshi ball beradigan misol edi yani ochiq savollardan, ularni tahmin qilib bo'lmasdi. Men f(x) ni topib sonni qo'ymasdan chiqdim va A oldim. Agar o'sha sonni qo'shganimda katta ehtimol A+ olgan bo'lardim. Nega son qo'yish hayolga kelmadi ? Chunki men A ni so'ragan edimda

Hulosa qilib aytganda Allohdan eng yaxshisini so'rang, shu yetadi desangiz o'sha yetadiganni, eng zo'rini so'rasangiz o'sha eng zo'rini berarkan.

Men yaxshi ko'rgan narsalardan nimani menga bermagan bo'lsang, o'zing yaxshi ko'rgan narsalar uchun meni undan foriq qilgan bo'lgin !