
Dunyo
Kun sayin o'zgarib borar odamlar,
Men esa hali ham o'sha-o'shaman.
Men bilan rasmga tushmas sanamlar,
Chunki rasmga ham hunuk tushman.
Ko'nglimda borini yozaverdimk-u,
Sargardon yurishdan bo'lmadim, halos.
Men ko'nglim dunyosi ichra mashhurman,
Meni o'z sherlarim taniydi, xolos.
Men ko'nglim dunyosi ichra mashhurman,
Va lekin sen uchun yo'qdayman go'yo.
Bir kuni men sendan ketib qolaman,
Men bilan rasmga tushib qol DUNYO!