Dailer — kun tartibi va intizom platformasi

Dailer maqsadiga tartib va intizom orqali yetmoqchi bo'lganlar uchun platforma. G'oyasi oddiy: muvaffaqiyat uchun 24/7 ishlash shart emas, har kuni ozgina, lekin to'xtamasdan harakat qilish kerak. Shiori: "Don't forget why you started!" Dailer web sayt va Android ilova ko'rinishida ishlaydi. Interfeys uch tilda: o'zbek, rus va ingliz. Asosiy imkoniyatlar Kun tartibi. Ro'yxatdan o'tishda foydalanuvchi kim ekanini, uyg'onish va uxlash vaqtini va eng oliy maqsadini aytadi. Shunga qarab Dailer unga tayyor kun tartibi taklif qiladi. Har bir vazifa bir bosishda belgilanadi: bajarildi, qisman, o'tkazildi yoki uzrli. Eslatmalar. Vazifa vaqtida bildirishnoma keladi, uni ilovani ochmasdan "Bajardim" deb belgilash mumkin. Kechqurun kun xulosasi yuboriladi: nimalar bajarildi va nimalar qolib ketdi. Namoz vaqtlari. Joylashuvga qarab avtomatik hisoblanadi va kun tartibiga bog'lanadi. Ramazon rejimi ham bor. Statistika. Haftalik va yillik hisobotlar, ketma-ket kunlar zanjiri (streak), yo'nalishlar bo'yicha o'sish va pasayish ko'rsatiladi. Tizim kuzatuvlar ham chiqaradi, masalan: "erta uxlagan kunlaringizda natijangiz yuqoriroq". AI yordamchi. "Qanday ketyapman?" deb so'rasangiz, statistikangizni tahlil qilib qisqa javob beradi. Haftada bir marta batafsil hisobot tuzadi. Bir nechta bepul AI provayderi bilan ishlaydi: biri ishlamasa, avtomatik keyingisiga o'tadi. Ekran vaqti. Android'da telefondan foydalanish vaqti avtomatik hisoblanadi. Hafta va oy bo'yicha grafik chiqadi, ko'p ishlatilgan ilovalar ko'rsatiladi, kunlik chegara qo'yish mumkin. Fokus va vaqt. Pomodoro taymer, to'liq ekranli stol soati va orqaga sanovchi taymer bor. Trekerlar va challenge'lar. Kitob o'qish, Qur'on va tasbeh uchun trekerlar bor. Til o'rganish challenge'lari ham bor, masalan "10 kunda 300 so'z", reyting bilan. Nishonlar va daraja (XP) tizimi motivatsiya beradi. Admin panel. Motivatsiyalar, bannerlar, challenge'lar va AI provayderlar shu yerdan boshqariladi. Kirish ikki bosqichli himoya (2FA) bilan.
Texnologiyalar
- Python
- FastAPI
- PostgreSQL
- Next.js (React)
- React Native (Expo)
- Vercel
- Neon
- Github Actions
- Google Authenticate