Loyihalar
Men yaratgan loyihalar

Yotoqxonalar uchun davomat tizimi
Yotoqxona, internat va bog'chalar uchun elektron davomat platformasi. Qavat sardori kechki davomatni telefonda bir necha daqiqada belgilaydi, direksiya natijani shu zahoti ko'radi, hisobotlar bir bosishda Excel'ga tushadi. Bitta tizimda bir nechta tashkilot ishlaydi va har birining ma'lumoti alohida saqlanadi. Platforma uch tilda ishlaydi: o'zbek, rus va ingliz. Direksiya uchun. Bloklar va qavatlarni yaratadi, xodimlarga akkaunt ochadi, davomat vaqtini va yo'qlik sabablarini belgilaydi. Bosh sahifada qaysi qavat topshirgani, kim tez-tez yo'qligi va 7 kunlik o'zgarish ko'rinib turadi. Blok hokimi va qavat sardori uchun. Xonalar va talabalarni kiritadi, davomatni telefondan belgilaydi: har bir talabaga bitta bosish, yo'q bo'lsa sababi bilan. Yakunlangan davomatni faqat blok hokimi tuzata oladi. Platforma egasi uchun. Tashkilotlarning arizalari va to'lov so'rovlarini admin paneldan tasdiqlaydi. Kerak bo'lsa istalgan talabani ismi bo'yicha topib, davomatini tuzatadi. Nega aynan shunday Telefon birinchi o'rinda. Davomat yo'lakda, qo'lda telefon bilan qilinadi. Shuning uchun har bir ekran eng kichik telefonda ham to'liq sig'adi, tugmalar katta, belgi bosilgan zahoti saqlanadi. Ishonchli nazorat. Topshirilgan davomat qulflanadi. Har bir tuzatish kim, qachon va nega qilgani bilan tarixga yoziladi. Qog'ozsiz hisobot. Istalgan davr va blok bo'yicha rangli Excel hisobot chiqadi. "Haftada 2 marta sababsiz" kabi qoidalar bilan muammoli talabalar bir zumda topiladi. Ishonchlilik. Sayt zamonaviy bulut xizmatlarida turadi (Vercel, Neon). Har bir xodim faqat o'z bloki yoki qavatini
- Next.js 16
- React 19
- TypeScript
- Tailwind CSS 4
- TanStack Query
- Lenis
- +7

Rustam's I/O
Rustam's I/O: grafik dizayner uchun portfolio sayt Dizaynerning ishlarini ko'rsatadigan va yangi buyurtmalar olib keladigan shaxsiy sayt. Ichida vizitka ko'rinishidagi bosh sahifa, loyihalar, hamkorlar, "Men haqimda" sahifasi va aloqa formasi bor. Sayt uch tilda ishlaydi: o'zbek, rus va ingliz Dizaynerning o'zi uchun. Saytdagi hamma narsani admin paneldan dasturchisiz boshqaradi: loyiha qo'shadi, matn va rasmlarni almashtiradi, hatto ranglar va shriftlarni ham o'zgartiradi. Panel telefondan ham qulay ishlaydi. Mijozlar uchun. Ishlarni ko'radi va formadan yozadi. Xabar dizaynerning emailiga va Telegramiga keladi. Nega aynan shunday Rasm sifati birinchi o'rinda. Dizaynerning ishi rasmlarida ko'rinadi. Har bir rasm avtomatik ravishda tiniq va asl ranglarida chiqadigan qilib tayyorlanadi, shu bilan birga tez yuklanadi. Tezlik. Sahifalar oldindan tayyorlab qo'yiladi, sekin internetda ham bir zumda ochiladi. Mustaqillik. Dizayner har bir o'zgarish uchun dasturchiga murojaat qilmaydi. Ishonchlilik. Sayt zamonaviy bulut xizmatlarida turadi (Vercel, Neon), ish to'xtab qolmaydi va kengaytirish oson.
- Next.js 16
- React 19
- TypeScript
- Tailwind CSS 4
- Motion
- Lenis
- +6

Mentor AI
Uy vazifalarini sun'iy intellekt yordamida tekshiradigan mobil ilova. O'quvchi daftarini telefonda rasmga olib yuboradi, AI har bir misolni alohida tekshiradi, ball qo'yadi va xato bo'lsa sababini tushuntiradi. Ilovada vazifa berish, AI orqali misol tuzish, guruh tahlili, PDF va Excel hisobotlar, reyting va nishonlar bor. Loyihaga veb-admin panel va ilovani yuklab olish mumkin bo'lgan taqdimot sayti ham kiradi. O'qituvchi uchun (maktab, o'quv markazi, universitet). Daftar tekshirishga ketadigan soatlarni tejaydi. AI tekshiradi, bahoni esa o'qituvchi tasdiqlaydi. Mavzuni yozsa, AI javoblari bilan birga yangi misollar tuzib beradi. Guruhda kim ortda qolayotganini va qaysi mavzu qiyin bo'layotganini darhol ko'radi. O'quvchi va talaba uchun. Xatosini o'sha kunning o'zida biladi, har bir misol bo'yicha izoh oladi. XP, daraja va reyting o'qishga qiziqtiradi. O'quvchi uchun ilova bepul. Administrator uchun. Tariflar, promo kodlar, to'lov so'rovlari va foydalanuvchi murojaatlarini brauzerdan boshqaradi. Nega aynan shunday Qaror o'qituvchida. AI qaysi bahoga ishonchi kamligini o'zi aytadi: rasm xira yoki yozuv noaniq bo'lsa, ish o'qituvchiga alohida ko'rsatiladi. Formulalar to'g'ri chiqadi. Kasr, daraja va ildizlar LaTeX'da, kitobdagidek ko'rinadi.
- Flutter
- Dart
- Riverpod
- Python 3.12
- FastAPI
- Uvicorn
- +7

Dailer — kun tartibi va intizom platformasi
Dailer maqsadiga tartib va intizom orqali yetmoqchi bo'lganlar uchun platforma. G'oyasi oddiy: muvaffaqiyat uchun 24/7 ishlash shart emas, har kuni ozgina, lekin to'xtamasdan harakat qilish kerak. Shiori: "Don't forget why you started!" Dailer web sayt va Android ilova ko'rinishida ishlaydi. Interfeys uch tilda: o'zbek, rus va ingliz. Asosiy imkoniyatlar Kun tartibi. Ro'yxatdan o'tishda foydalanuvchi kim ekanini, uyg'onish va uxlash vaqtini va eng oliy maqsadini aytadi. Shunga qarab Dailer unga tayyor kun tartibi taklif qiladi. Har bir vazifa bir bosishda belgilanadi: bajarildi, qisman, o'tkazildi yoki uzrli. Eslatmalar. Vazifa vaqtida bildirishnoma keladi, uni ilovani ochmasdan "Bajardim" deb belgilash mumkin. Kechqurun kun xulosasi yuboriladi: nimalar bajarildi va nimalar qolib ketdi. Namoz vaqtlari. Joylashuvga qarab avtomatik hisoblanadi va kun tartibiga bog'lanadi. Ramazon rejimi ham bor. Statistika. Haftalik va yillik hisobotlar, ketma-ket kunlar zanjiri (streak), yo'nalishlar bo'yicha o'sish va pasayish ko'rsatiladi. Tizim kuzatuvlar ham chiqaradi, masalan: "erta uxlagan kunlaringizda natijangiz yuqoriroq". AI yordamchi. "Qanday ketyapman?" deb so'rasangiz, statistikangizni tahlil qilib qisqa javob beradi. Haftada bir marta batafsil hisobot tuzadi. Bir nechta bepul AI provayderi bilan ishlaydi: biri ishlamasa, avtomatik keyingisiga o'tadi. Ekran vaqti. Android'da telefondan foydalanish vaqti avtomatik hisoblanadi. Hafta va oy bo'yicha grafik chiqadi, ko'p ishlatilgan ilovalar ko'rsatiladi, kunlik chegara qo'yish mumkin. Fokus va vaqt. Pomodoro taymer, to'liq ekranli stol soati va orqaga sanovchi taymer bor. Trekerlar va challenge'lar. Kitob o'qish, Qur'on va tasbeh uchun trekerlar bor. Til o'rganish challenge'lari ham bor, masalan "10 kunda 300 so'z", reyting bilan. Nishonlar va daraja (XP) tizimi motivatsiya beradi. Admin panel. Motivatsiyalar, bannerlar, challenge'lar va AI provayderlar shu yerdan boshqariladi. Kirish ikki bosqichli himoya (2FA) bilan.
- Python
- FastAPI
- PostgreSQL
- Next.js (React)
- React Native (Expo)
- Vercel
- +3