Nabiyev's

Mentor AI

Mentor AI

Nima bu Uy vazifalarini sun'iy intellekt yordamida tekshiradigan mobil ilova. O'quvchi daftarini telefonda rasmga olib yuboradi, AI har bir misolni alohida tekshiradi, ball qo'yadi va xato bo'lsa sababini tushuntiradi. Ilovada vazifa berish, AI orqali misol tuzish, guruh tahlili, PDF va Excel hisobotlar, reyting va nishonlar bor. Loyihaga veb-admin panel va ilovani yuklab olish mumkin bo'lgan taqdimot sayti ham kiradi. Kim uchun? O'qituvchi uchun (maktab, o'quv markazi, universitet). Daftar tekshirishga ketadigan soatlarni tejaydi. AI tekshiradi, bahoni esa o'qituvchi tasdiqlaydi. Mavzuni yozsa, AI javoblari bilan birga yangi misollar tuzib beradi. Guruhda kim ortda qolayotganini va qaysi mavzu qiyin bo'layotganini darhol ko'radi. O'quvchi va talaba uchun. Xatosini o'sha kunning o'zida biladi, har bir misol bo'yicha izoh oladi. XP, daraja va reyting o'qishga qiziqtiradi. O'quvchi uchun ilova bepul. Administrator uchun. Tariflar, promo kodlar, to'lov so'rovlari va foydalanuvchi murojaatlarini brauzerdan boshqaradi. Nega aynan shunday Qaror o'qituvchida. AI qaysi bahoga ishonchi kamligini o'zi aytadi: rasm xira yoki yozuv noaniq bo'lsa, ish o'qituvchiga alohida ko'rsatiladi. Formulalar to'g'ri chiqadi. Kasr, daraja va ildizlar LaTeX'da, kitobdagidek ko'rinadi.

Texnologiyalar

  • Flutter
  • Dart
  • Riverpod
  • Python 3.12
  • FastAPI
  • Uvicorn
  • SQLAlchemy 2 (async)
  • PostgreSQL 16
  • Google Gemini API
  • HTML
  • CSS
  • JavaScript
  • KaTeX