Rustam's I/O

Rustam's I/O: grafik dizayner uchun portfolio sayt Nima bu Dizaynerning ishlarini ko'rsatadigan va yangi buyurtmalar olib keladigan shaxsiy sayt. Ichida vizitka ko'rinishidagi bosh sahifa, loyihalar, hamkorlar, "Men haqimda" sahifasi va aloqa formasi bor. Sayt uch tilda ishlaydi: o'zbek, rus va ingliz. Kim uchun Dizaynerning o'zi uchun. Saytdagi hamma narsani admin paneldan dasturchisiz boshqaradi: loyiha qo'shadi, matn va rasmlarni almashtiradi, hatto ranglar va shriftlarni ham o'zgartiradi. Panel telefondan ham qulay ishlaydi. Mijozlar uchun. Ishlarni ko'radi va formadan yozadi. Xabar dizaynerning emailiga va Telegramiga keladi. Nega aynan shunday Rasm sifati birinchi o'rinda. Dizaynerning ishi rasmlarida ko'rinadi. Har bir rasm avtomatik ravishda tiniq va asl ranglarida chiqadigan qilib tayyorlanadi, shu bilan birga tez yuklanadi. Tezlik. Sahifalar oldindan tayyorlab qo'yiladi, sekin internetda ham bir zumda ochiladi. Mustaqillik. Dizayner har bir o'zgarish uchun dasturchiga murojaat qilmaydi. Ishonchlilik. Sayt zamonaviy bulut xizmatlarida turadi (Vercel, Neon), ish to'xtab qolmaydi va kengaytirish oson.
Texnologiyalar
- Next.js 16
- React 19
- TypeScript
- Tailwind CSS 4
- Motion
- Lenis
- Lucide
- Simple Icons
- PostgreSQL(Neon)
- Drizzle ORM
- Zod
- Neon Object Storage (S3 standarti)