Yotoqxonalar uchun davomat tizimi

Nima bu Yotoqxona, internat va bog'chalar uchun elektron davomat platformasi. Qavat sardori kechki davomatni telefonda bir necha daqiqada belgilaydi, direksiya natijani shu zahoti ko'radi, hisobotlar bir bosishda Excel'ga tushadi. Bitta tizimda bir nechta tashkilot ishlaydi va har birining ma'lumoti alohida saqlanadi. Platforma uch tilda ishlaydi: o'zbek, rus va ingliz. Kim uchun Direksiya uchun. Bloklar va qavatlarni yaratadi, xodimlarga akkaunt ochadi, davomat vaqtini va yo'qlik sabablarini belgilaydi. Bosh sahifada qaysi qavat topshirgani, kim tez-tez yo'qligi va 7 kunlik o'zgarish ko'rinib turadi. Blok hokimi va qavat sardori uchun. Xonalar va talabalarni kiritadi, davomatni telefondan belgilaydi: har bir talabaga bitta bosish, yo'q bo'lsa sababi bilan. Yakunlangan davomatni faqat blok hokimi tuzata oladi. Platforma egasi uchun. Tashkilotlarning arizalari va to'lov so'rovlarini admin paneldan tasdiqlaydi. Kerak bo'lsa istalgan talabani ismi bo'yicha topib, davomatini tuzatadi. Nega aynan shunday Telefon birinchi o'rinda. Davomat yo'lakda, qo'lda telefon bilan qilinadi. Shuning uchun har bir ekran eng kichik telefonda ham to'liq sig'adi, tugmalar katta, belgi bosilgan zahoti saqlanadi. Ishonchli nazorat. Topshirilgan davomat qulflanadi. Har bir tuzatish kim, qachon va nega qilgani bilan tarixga yoziladi. Qog'ozsiz hisobot. Istalgan davr va blok bo'yicha rangli Excel hisobot chiqadi. "Haftada 2 marta sababsiz" kabi qoidalar bilan muammoli talabalar bir zumda topiladi. Ishonchlilik. Sayt zamonaviy bulut xizmatlarida turadi (Vercel, Neon). Har bir xodim faqat o'z bloki yoki qavatini
Texnologiyalar
- Next.js 16
- React 19
- TypeScript
- Tailwind CSS 4
- TanStack Query
- Lenis
- Lucide
- Python
- Django 5.2
- Django Ninja
- Unfold (admin panel)
- PostgreSQL (Neon)
- XlsxWriter